22/05/2026

    2026-yil 22-may kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Milliy statistika tizimida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha majburiy talablar” mavzusida seminar tashkil etildi.

    Tadbirda boshqarma rahbariyati, markaziy apparat xodimlari hamda hududiy statistika bo‘limlari mutaxassislari masofaviy (onlayn) tarzda ishtirok etdilar.

 

    Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berib o‘tildi:

Qonunchilik talablari: Kiberxavfsizlikka oid amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy talablar.

Xavfsiz raqamli muhit: Kundalik xizmat faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish va ma’lumotlarni ishonchli himoyalash.

Kibergigiyena qoidalari: Xizmat kompyuterlari va ichki axborot tizimlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish.

Muhim eslatma: Seminar davomida xodimlarga shubhali elektron xabarlar (fishinq), zararli dasturlar va internet taxdidlaridan ehtiyot bo‘lish hamda maxfiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi.

    Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar va o‘zaro fikr almashdilar.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech