02/06/2026

    2026-yil 1-may holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 10 786 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 51 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 10 735 tani tashkil qildi. 2026-yilning yanvar-aprel oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 15 045,7 mlrd so‘mni tashkil etib, 2025-yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 122,7 % ni tashkil etdi. Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 1 539,3 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,9 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 13 506,4 mlrd so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 123,9 %), shundan, uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1981,6 mlrd so‘mni (o‘sish sur’ati 119,2 %) tashkil etdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech