Joriy yilning 15-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasi majlislar zalida boshqarma boshqarma boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari hamda boshqarmadan hududiy statistika bo‘limlariga biriktirilgan ma'sullar ishtirokida navbatdagi ichki yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Tadbirni boshqarma boshlig‘i Sh. Qudratov ochib berdi.
Yig‘ilish davomida oylik hisobotlar tahlili, o‘tgan haftadagi yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi, tizimda korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, ijro intizomi va boshqa dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida barcha xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli bajarish, mehnat intizomini yanada mustahkamlash va ish samaradorligini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati



