01/06/2021

2021- yil 28 may kuni Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ko‘magida Open Data Inventory (ODIN) xalqaro ochiq ma'lumotlar reytingini olib boruvchi Open Data Watch tashkiloti vakili Jemison Krouell ishtirokida Samarqand viloyati statistika boshqarmasida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarni boshqarma boshlig‘i Sidikov Tolib Iskandarovich ochib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4273-son qaroriga asosan, Davlat statistika qoʻmitasi, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portali (data.gov.uz)da oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun masʼul etib belgilanganligi haqida axborot berib o‘tdi.

Shuningdek, A. Sultonov, 2019- yilning aprelida Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati tarkibida Ochiq maʼlumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tashkil etilganligi hamda boshqarma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

“OPEN DATA WATCH” xalqaro tashkilotining eksperti Djemison Krouell so‘zga chiqib, Oʻzbekiston ODIN (Open Data Inventory) reytingida 63 ball toʻplab, 125 pogʻonaga koʻtarilganligi va dunyoda 44-oʻrinni, Markaziy Osiyo davlatlari ichida 1-oʻrinni egallaganligi, bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi mazkur reytingda eng yuqori oʻsishni koʻrsatgan 2 mamlakatdan biriga aylandi.

Mazkur tadbirda Open Data Inventory (ODIN) reytingi haqida umumiy tushunchalar, ma’lumotlar sifati, ochiqlik va qamrov mavzulari haqida fikr-mulohaza almashildi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Open Data Inventory (ODIN) reytingida  o’rnini yaxshilash hamda kelgusida o’zaro hamkorlikda seminar, trening va vebinarlar tashkil etilishi haqida kelishib olindi.

Ushbu seminar-treningni o’tkazishdan asosiy maqsad – mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish, ochiq ma'lumotlar sifatini baholovchi ODIN hamda boshqa reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga imkoniyat yaratishdan iborat.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech