Joriy yilning 18- iyun kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida “Boshqarma xodimlarini maʼnaviy hordiq chiqarishlari, kino va teatrga borishlarini yoʻlga qoʻyish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda boshqarma boshligʻi T.Sidikov soʻzga chiqib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan toʻxtalib, mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish maqsadida tarbiya va maʼnaviyat oʻchogʻi boʻlgan teatr har bir insonga hayotiy saboqlar beruvchi jonli vositadir. Kino va teatrdan madaniy hordiq chiqarish uchungina emas, undagi namoyish etiladigan spektakllarni tomosha qilib, inson jamiyatdagi voqeliklarni, kechinmalarni teran anglashi mumkin.
Viloyat statistika boshqarmasida koʻp yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarning maʼnaviy hordiq chiqarishlari uchun shaharning diqqatga sazovar joylariga sayohat qilishga shart-sharoit yaratib berildi.
Axborot xizmati