17/08/2021

2021-yilning 16-avgust kuni, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i F. Shukurov boshchiligida Ishtixon tumani statistika bo‘limi va tuman kadastr bo‘limi xodimlariga aholini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.

O‘quv seminarida sxematik reja va xaritalarni tayyorlash, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan hujjatlarni yuritilish holati hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari tuman statistika xodimlarini  aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, qonun va qarorlar bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar berildi.

Aholini ro‘yxatga olish–bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi bo‘lib xizmat qiladi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma'lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech