Suyunov Anvarjon Anarovich Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi. A. Suyunov 1984-yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oily, 2006-yil Toshkent moliya institutini hamda 2016-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Tayinlovga qadar A. Suyunov viloyatdagi bir nechta korxona va tashkilotlarda mutaxassis, rahbar lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi Suyunov Anvarjon Anarovichni yangi lavozim bilan tabriklaydi.