Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisining 2020- yil 7- avgustda ma’qullangan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil 10- dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1875-son, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 19- maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-5117-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2021- yil 29- iyundagi 61-sonli buyrug‘iga muvofiq yangi pedagogik texnologiyalar asosida ingliz tilini o‘qitishni tashkil etish topshiriq berilgan.
Ushbu buyruq ijrosini ta`minlash maqsadida, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi va Samarqand davlat chet tillar instituti o`rtasida tegishli ravishda shartnoma imzolandi.
Joriy yilning 8- oktabr kunidan boshlab, Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili oʻqitish metodikasi oʻqituvchilari Shomuxammadov Xolidin hamda Yoqubov Anvar ishtirokida Ingliz tili boʻyicha oʻqitishning ilk darslari boʻlib oʻtdi.
Oʻqishda Samarqand viloyati statistika boshqarmasidan 30 nafar xodim ishtirok etdi. Oʻquv kursi qiziqarli savol-javoblarga boy shaklda tashkil etildi.
Axborot xizmati