O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasida aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbiri 2021- yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshirilishi belgilangan.
Ro‘yxatga olish 1-5 noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali amalga oshirilishi belgilangan. Ro‘yxatga olish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish hamda blankalarni to‘g‘ri to‘ldirish yuzasidan Samarqand viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi xodimlari tomonidan boshqarma rahbariyati hamda xodimlariga seminar tashkil etildi.
Seminarda, mazkur tadbirlarni samarali o‘tkazish maqsadida, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga oluvchilar http://census.stat.uz/ sayti orqali onlayin ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligi haqida shuningdek, har bir xodim ushbu tadbirga faol ishtirok etib, o‘z taklif va tavsiyalarini berishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan seminar qatnashchilariga amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati