Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi boʻlgan 65,9 mln. AQSh dollari qiymatidagi 89,4 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilinib, jami eksportning 18,3 % ini tashkil etdi. Bunda 2020- yilning mos davriga nisbatan 5,3 mln. AQSh dollarida kamayish kuzatilib, 14,2 % ga kamaydi. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksporti tarkibiga qaralsa, 20,7 mln. AQSh dollariga teng 45,7 ming tonna sabzavot, shuningdek, 21,5 mln. AQSh dollari qiymatidagi 17,8 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi.
Axborot xizmati