2021- yil yanvar-oktabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 2 169,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-oktabr oylarida ularning hajmi 1 735,3 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan.
2021- yilning o‘tgan davrida ularning umumiy xizmatlar hajmidagi ulushi 14,4 % ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida ularning ulushi 15,2 % ni tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining 434,4 mlrd. so‘mga ko‘payishi kuzatildi.
2021- yilning yanvar-oktabr oylarida moliyaviy xizmatlarning o‘sishi 22,3 % ni tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida ularning o‘sish sur’ati 130,9 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati