20/12/2021

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 19 785,8 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-noyabr oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 110,2 % ni tashkil etdi.

Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 95,5 % ni tashkil etdi.

*Sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining taqqoslanadigan davrlardagi o‘zgarishini tavsiflovchi nisbiy ko‘rsatkichdir.

 

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech