03/02/2022

2021– yilning yanvar–dekabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 12 877,5 mlrd. so‘mni yoki 2020– yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulot-larining ulushi 45,8 % ni tashkil etdi.

Chorvachilik sohasining ichki imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilib borilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilib kelinayotganligi chorva mollari bosh sonining ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorlarini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkon yaratdi.

2021– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 305,3 ming tonna go‘sht (2020– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 6,7 % ga ko‘p), 1 337,1 ming tonna sut (2,3 % ga ko‘p),
1 348,2 mln. dona tuxum (6,4 % ga ko‘p) yetishtirildi va 21 981,9 tonna baliq (72,7 % ga ko‘p) ovlandi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech