Viloyat bo‘yicha 2022- yilning yanvar-fevral oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 303,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 13,5 %ga ko‘paydi. Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 71,5 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 102,5 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 231,6 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 117,4 %) tashkil etdi.
Axborot xizmati