O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 23- noyabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-20-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi “Qishloq xo‘jaligida mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 709-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 22- fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib tamoyillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son hamda “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 80-son qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish ishlarini olib boorish maqsadida 2022-yilning 24-mart kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga boshqarma xodimlari hamda hududiy statistika bo‘lim onlayn ishtirok etishdi. Tadbirda Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan targ‘ibot materiallari to‘plami (annotatsiya, slayd, infografika) foydalanilib, qarorlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati xodimlarga tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarinin qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan savollarga keng qamrovli, to‘liq javoblar berib o‘tildi.
Axborot xizmati