28/03/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-sonli Farmoni va PQ-31-sonli hamda 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-62-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Respublika komissiyasining yig‘ilishi 1-son bayoniga muvofiq Samarqand viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv-seminari grafigiga asosan viloyatning tuman (shahar)laridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi xodimlari hamda Hokim yordamchilari uchun har hafta bir marta tuman (shahar) hokimligi binosida suhbat tashkil etib borish belgilangan.

 

 

Shu munosabat bilan, joriy yilning 25- mart kuni Nurobod tumani Hokim yordamchilari uchun viloyat statistika boshqarmasi mutasaddi xodimlari ishtirokida o‘quv soati tashkil etildi.

 

 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror ijrosi yuzasidan viloyatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichlari, statistika tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar hamda statistik hisobotlarning shakllanish jarayoni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2021- yil 11- avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati hamda qonunchilikda bo‘layotgan o‘zgarishlar toʻgʻrisida   maʼlumot berib oʻtishdi.

 

 

O‘quv soati davomida hokim yordamchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda viloyat statistika boshqarmasi mas’ullari tomonidan tegishli javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech