Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlar egallaydi. 2022- yil yanvar-iyun oylarida bu xizmatlarning ulushi 27,8 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar transport xizmatlari (23,7 %), moliyaviy xizmatlar (16,4 %), ta’lim sohasidagi xizmatlar (5,0 %), shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha (4,7 %) qayd etildi.
Me’morchilik sohasidagi xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 1,6 foizga yetdi.
Axborot xizmati