2022–yilning 1–iyul holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 4,7 foiz fermer xo‘jaliklari hissasiga, 94,9 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 0,4 foiz qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 7,2 foiz fermer xo‘jaliklariga, 88,5 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 4,3 foiz qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 13,1 foiz fermer xo‘jaliklariga, 86,2 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 0,7 foiz qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 27,1 foiz fermer xo‘jaliklariga, 50,6 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 22,3 foiz qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.
Axborot xizmati