Kun tartibidagi seminarda boshqarma boshlig‘i v.v.b. Sh.Abdiyev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 2022- yilning 8- avgustida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-son Qonuni imzolanganligini ta’kidlab, ushbu Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati bilan batafsil tanishtirish uchun Samarqand viloyati adliya boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i O.Muhamadiyevga so‘z navbatini berdi.
O.Muhamadiyev o‘z ma’ruzasida O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlarida mehnat qilayotgan 118 ming nafardan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomini belgilovchi va ular faoliyatini yagona qoidalar asosida huquqiy tartibga solinishi hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimida o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisi hisoblanishi shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e’tiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega bo‘lishi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yo‘qotishi, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanishi to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.
Axborot xizmati