15/08/2022

Ayni paytda Samarqand viloyatining Jomboy hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanlarida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “O‘zbekistonda sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 197- son qaroriga asosan tashkil etilyapti.

 

 

Mazkur sinov jarayonlarida maxsus tayyorlangan registratorlar uy-joy va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning amalda mavjudligini joylarga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazishmoqda.

Shuningdek, registratorlar jarayonlarda aholiga qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazishning maqsad va vazifalari, ro‘yxatdan o‘tkazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni amalga oshirishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar haqida batafsil ma’lumotlar bermoqda.

 

 

Sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech