30/09/2022

Joriy yilning 30- sentabrida viloyat statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida qabul qilingan qonun va qarorlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini tizimli o‘rganish to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.

Boshqarma boshlig‘i v.b. Sh.Abdiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 31- dekabrdagi “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VM-829-son qarorining mazmun-mohiyati davra suhbati ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.

 

 

 

Shuningdek, huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash va ularni oldini olish borasida hamkor tashkilotlar singari statistika organlari ham qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bilan fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish orqali huquqbuzarliklarni oldini olishda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech