Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 2022- yil yanvar-sentabr oylarida qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan ko’payish kuzatildi. Ular tomonidan jami qurilish ishlari hajmining 66,3 foizi bajarilib, 2021- yilning yanvar- sentabr oylariga nisbatan 0,5 foiz punktga ko’payish kuzatildi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2021- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,5 foizni tashkil etgan holda 4199,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 12,5 foizni tashkil etib, 788,2 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021- yilning yanvar - sentabr oylariga nisbatan kamayish kuzatilib, 66,3 foizni tashkil etdi.
Axborot xizmati