2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 15294,4 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,7 foizni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 52,7 foizni tashkil qildi.
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 635,0 ming tonna don (2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 10,9% ga ko‘p) yetishtirildi. Don yetishtirish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, don yetishtirishning umumiy hajmidan 83,7 foiz fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati