Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022- yilning yanvar-sentyabr oylarida 38 ta xorijiy davlatlardan qiymati 12,1 mln. АQSh dollariga teng boʼlgan 2,7 mln. juft oyoq kiyimlarini import qilgan.
Oyoq kiyimlari importi hajmi 2021- yilning mos davri bilan solishtirilganda 32,5 ming juftga kamaygan.
2022- yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyimlari import qilgan davlatlar:
Xitoy – 1,6 mln. juft
Turkiya – 877,6 ming juft
Vetnam – 35,1 ming juft
Rossiya – 31,9 ming juft
Indoneziya – 14,6 ming juft
Italiya – 10,3 ming juft
Chexiya – 7,5 ming juft
Hindiston – 5,4 ming juft
Ispaniya – 2,7 ming juft
Portugaliya – 2,7 ming juft
Germaniya – 1,1 ming juft
Axborot xizmati