Samarqand viloyatida 2022- yil 1- oktabr holatiga 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 244,2 kishi to‘g‘ri kelgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,2 kishiga ortgan (2021- yilda 1 kv.km.ga 239,0 kishi).
Shahar va tumanlar bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, aholi zichliginig eng yuqori ko‘rsatkichi Kattaqo’rg’on shahrida 9320,0 kishi, Samarqand shahrida 4753,3 kishi, Toyloq tumanida 765,4 kishini tashkil etgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkichlar Nurobot tumani 32,6 kishi, Qo‘shrabot tumani 64,1 kishi, Paxtachi tumani 108,3 kishini tashkil etgan.
Axborot xizmati