2022- yilning yanvar-sentabr oyida import hajmi 1 253,8 mln. AQSh dollarini va 2021- yilga nisbatan 129,5 foizni tashkil etdi.
Import tarkibida eng yuqori ulush sanoat tovarlari (27,9 %), mashinalar va transport asbob-uskunalari (26,2 %), hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga oʻxshash mahsulotlar (24,7 %) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2022- yilning yanvar-sentabr oyida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 284,8 mln. AQSh dollariga koʻpaydi va 1 252,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Xizmatlar 1,8 mln. AQSh dollariga yetdi.
Axborot xizmati