Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 17,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 13,4 ming tonna yeryong‘oq eksport qilgan.
Yeryong‘oq eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 ming tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston 2022- yilning 9 oyida eng ko‘p yeryong‘oq eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 4,4 ming tonna
- Qozog‘iston – 2,6 ming tonna
- Ozarbayjon – 1,8 ming tonna
- Xitoy – 735 tonna
- Turkmaniston – 712 tonna
- Аfg‘oniston – 637 tonna
- Pokiston – 465 tonna
- Makedoniya – 287 tonna
Axborot xizmati