Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,3 mln. АQSh dollariga teng bo‘lgan 340 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 8 tonnaga oshgan.
2022- yilning 9 oyida O‘zbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:
— Italiya – 88,4 tonna
— Braziliya – 50,4 tonna
— Rossiya – 51,6 tonna
— Germaniya – 29,6 tonna
— Polsha – 29,1 tonna
— Turkiya – 13,9 tonna
Axborot xizmati