2022- yilning yanvar-sentabr oylarida chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish hajmi 13711,0 mlrd. so‘mni yoki 2021- yilning mos davriga nisbatan 104,4 foizini tashkil qildi. Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida chorvachilik mahsulotlarining ulushi 47,3 foizini tashkil etdi.
2022- yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 228,9 ming tonna go‘sht (2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 9,4 %ga ko‘p), 1013,2 ming t. sut (0,4 %ga ko‘p), 1062,2 mln. dona tuxum (9,5 %ga ko‘p), va 5565,1 t. baliq (-7,6 %ga kam) ovlandi.
Axborot xizmati