15/11/2022

    Ulgurji savdo tovar aylanmasida eng yuqori hajm kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri kelib, mazkur hajm 2022- yil yanvar-sentabr oylari yakuniga ko‘ra, 5 868,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 109,4  foizni, jami ulgurji savdo tovar aylanamasidagi ulushi esa 74,4 foizni tashkil etdi.

 

 

    Bu ko‘rsatkich hududlar kesimida taqqoslanganda yuqori ulush Kattaqo‘rg‘on shahri (97,4 %) va Urgut (100,0 %), Payariq (100,0 %), Oqdaryo (100,0 %), Nurobod (99,7 %), Ishtixon (100,0 %), Narpay (98,8 %) tumanlarida bo‘lgan. Eng past ulush esa Bulung‘ur (23,6 %) va Pastdarg‘om (74,6 %) tumaniga to‘g‘ri keldi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech