2022- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 787 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi. Shuningdek joriy yilda ushbu sohada 2 167 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 156 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning hududlar kesimidagi soni:
Toshkent shahrida – 940 ta
Samarqand viloyatida – 181 ta
Farg‘ona viloyatida – 173 ta
Toshkent viloyatida – 128 ta.
Axborot xizmati