2022- yil III chorak yakunlariga ko‘ra, kichik korxona va mikrofirmalar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlar o‘tkazildi. Ushbu so‘rovnomada 1 836 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi. Ularning 856 (46,6 %)tasi iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholadi. 854 (46,5%) ta subektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholadi. Qolgan 125 (6,9%) ta sub'ektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarsiz deb baholagan.
2022- yil III chorak bo‘yicha tanlanma kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi, foizda
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kuzatuvda ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalarning taqsimlanishi (ulushi) qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 5,4 foiz (99 ta), sanoatda – 17,0 foiz (313 ta), qurilishda – 6,8 foiz (124 ta) , savdoda – 45,0 foiz (825 ta), xizmatlar sohasida – 25,8 foiz (474 ta) ni tashkil etdi.
Axborot xizmati