16/11/2022

   Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 12 635,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 124,8 foizni, uning jami sanoatdagi ulushi 62,0 foizni tashkil etdi.

   Oziq-ovqat mahsulotlari:

  • 2021- yil yanvar-sentabr – 38,5 foiz
  • 2022- yil yanvar-sentabr – 36,6 foiz

   Nooziq-ovqat mahsulotlar:

  • 2021- yil yanvar-sentabr – 61,5 foiz
  • 2022- yil yanvar-sentabr – 63,4 foiz

    Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibida vino va aroq mahsulotlari va pivo 1,3 foiz (2021- yil yanvar-sentabr oylarida 1,4 %)ni tashkil etdi.

    Hududlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining viloyat  jami hajmidagi eng yuqori ulushi Samarqand shahriga to‘g‘ri kelib 39,5  fozini, Tayloq tumani 11,1 fozini, Urgut tumani 10,6 foizni, Samarqand tumani 9,0 foizni, hamda  Jomboy tumani 7,9 fozini tashkil etdi.

    Shuningdek, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining o‘sish sur’atida viloyat  o‘sish  sur’ati (124,8 %)  darajasidan  yuqori  ko‘rsatkich Paxtachi tumanida (170,5 %) hamda Tayloq tumanida (190,4 %) qayd etildi.

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech