28/11/2022

    2022- yining 1-oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilar ekanmiz, yirik shoxli qoramollarning 5,2 foiz fermer xo‘jaliklari hissasiga, 94,5 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 0,3 foiz qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelishini qayd etib o‘tish lozim, shunga mos ravishda qo‘y va echkilarning umumyiy sonidan 7,9 foiz fermer xo‘jaliklariga, 87,6 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 4,5 foiz qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g’ri keladi, otlar umumiy sonidan 14,9 foiz fermer xo‘jaliklariga, 84,1 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 1,0 foiz qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi shuningdek, parrandalar umumiy sonidan 32,2 foiz fermer xo‘jaliklariga, 46,0 foiz dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga, 21,8 foiz qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.

 

  • Yirik shoxli qoramollar – 1 687,2 ming bosh – 102,1 foiz
  • Shundan, sigirlsr – 722,8 ming bosh – 102,0 foiz
  • Qo‘y va echkilar – 2 581,7 ming bosh – 102,3 foiz
  • Otlar – 2 808,1 ming bosh – 103,6 foiz
  • Parrandalar – 12 216,6 ming bosh – 102,6 foiz

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech