Aholini eng birinchi rasmiy roʻyxatga olish 1790- yilda AQShda, keyinchalik 1800- yilda Shvetsiya va Finlandiyada, 1801- yilda Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada oʻtkazilgan.
Ushbu aholini roʻyxatga olishlar juda oddiy shaklda va uzoq muddatda oʻtkazilgan. Masalan, AQShda aholini roʻyxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.
2021- yilning noyabr oyida mamlakatimizda ilk bor Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini roʻyxatga olish jarayonlari oʻtkazildi.
Axborot xizmati