Aholini ro‘yxatga olish ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish - aholi farovonligini oshirishga yordam beradigan qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Bundan tashqari milliardlab davlat pullarini adolatli taqsimlashda, aholi haqidagi dolzarb ma’lumotlar talab qilinadi. Aholini ro‘yxatga olish davlat mablag‘larini adolatli taqsimlanishida yordam beradi. Bunda, ta’lim dasturlarini, sog‘likni saqlash tizimini, huquqni muhofaza qilish organlarini va avtomobil yo‘llarini qurish kabi aholi turmush darajasini yuksaltiradigan tadbirlar, hududdagi aholi soniga qarab moliyalashtiriladi. Umuman olganda, aholini ro‘yxatga olish bizning mamlakatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlarni kuzatishga yordam beradi.
Aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari nafaqat, qaror qabul qiluvchilar, statistika tizimi va qonun chiqaruvchi davlat organlari uchun, balki tadqiqot va marketing kompaniyalari, xususiy sektor va siyosiy partiyalar uchun ham qimmatli ma’lumot manbay bo‘lib hisoblanadi.
Ro‘yxatga olish, olimlar aytganidek, hisobotlarda mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni olish yoki uning ma’lumotlarini tekshirish uchun maxsus tashkil etilgan statistik kuzatuv turi hisoblanadi. Odatda, aholini ro‘yxatga olish bir qator xususiyatlar bo‘yicha statistik kuzatuv obyektining soni, tarkibi va holati to‘g‘risida ma’lumot olish uchun muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Axborot xizmati