2025-yil 3-dekabr kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali ustoz va talabalari uchun Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.


Tadbir boshqarmaning Ro’yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi boshlig’i Firdavs Shukurov tomonidan olib borildi. Mazkur seminarning asosiy maqsadi, talabalar va ustozlarga aholi hamda qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni, uning metodologiyasi va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar statistik jarayonlarning davlat boshqaruvidagi o‘rni bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbir 2 bosqichda amalga oshirilishi, shaxsiy ma’lumotlar sir saqlanishi hamda bu ma’lumotlar iqtisodiyotni rejalashtirish, bandlik, infratuzilma va hududlarni rivojlantirishda asos bo’lib xizmat qilishi haqida keng tushunchalar berildi va talaba ustozlarni qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar to’liq javoblar berishdi.


Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, ushbu tadbir kelgusi yilda o‘tkaziladigan yirik ro‘yxatga olish jarayoniga jamoatchilikni tayyorlashda muhim qadamlardan biri bo‘ladi. Va shu bilan birga, aholi va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.


Axborot xizmati



