14/03/2023

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida respublika boʻyicha 32 953 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

 Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5 302 taga (13,9 %) kamaygan.

 

 Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:

— Qoraqalpogʻiston R. – 2 506 nafar

— Andijon viloyati – 2 498 nafar

— Buxoro viloyati – 2 231 nafar

— Jizzax viloyati – 1 054 nafar

— Qashqadaryo viloyati – 3 775 nafar

— Navoiy viloyati – 724 nafar

— Namangan viloyati – 2 087 nafar

— Samarqand viloyati – 3 490 nafar

— Surxondaryo viloyati – 3 220 nafar

— Sirdaryo viloyati – 662 nafar

— Toshkent viloyati – 2 040 nafar

— Fargʻona viloyati – 2 889 nafar

— Xorazm viloyati – 3 697 nafar

— Toshkent shahri – 2 080 nafar

 

 

 

Axborot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech