Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi amalga oshirgan islohotlari - barcha davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash, bu organlarning asosiy yo‘nalish sifatida xalq xizmatini qilish sifatida belgilab qo‘yilishi, sud va huquqni himoya qilish organlarining xalq oldida mas’ulligi va hisob berib borish prinsiplarini o‘rnatilishi, bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki har bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun har bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart.
Eng avvalo, korrupsiyaga qarshi kurashishni oiladan boshlash lozim. Bu borada ayollarning roli katta, deb hisoblaymiz. Agar oʻgʻrilik yoki pora hisobiga kelgan luqmaning tag-ildizini ayollarimiz surishtirib bilsa, ochiq fikrini aytolsa, erlar halol rizqni izlashga tushib, ishi va oilasida fayz-baraka, sokinlik hamda xotirjamlik qaror topishi, shubhasiz.
Korrupsiya - tamagirlikning yuqori nuqtasi hisoblanadi. Unga qarshi kurashish uchun amaldorlardan siyosiy iroda talab qilinadi. Ushbu vaziyatdan chiqish usuli shuki, avvalo, davlat byurokratik apparati hajmi imkon qadar kamayishi, fuqarolarning shaxsiy hayotiga va iqtisodiy faoliyatiga davlatning minimal aralashuvi, monopoliyaga barham berilishi lozim.
Toʻgʻri, korrupsiyaga qarshi kurashish turli mamlakatlarda turlicha namoyon boʻladi. Ammo dunyoda faqat ikkita retsept tan olinadi:
- Shveysariya - vaqtni qisqartirish.
- Xitoy - hayotni qisqartirish.
Albatta, mamlakatimizda ham bu illatga qarshi keskin kurashish choralari koʻrilmoqda. Tadqiqotlar biror-bir illatga barham berishda eng samarali vosita illatning oʻzi bilan emas, balki sababi bilan kurashish ekanini koʻrsatmoqda.
Demak, milliy taraqqiyotga toʻsiq boʻlib kelayotgan korrupsiyani bartaraf etish yoʻlida dadil qadamlar tashlanmoqda. Eng asosiysi, korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qanchalik harakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz boʻlmas ekan, taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz.
Axborot xizmati