21/11/2025

    2025-yil yanvar-oktabr oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 60 330,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 114,1 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 12 388,2 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.

    Ma’lumot uchun: 2024-yil yanvar-oktabr oylarida xizmatlar hajmi 47 942,3 mlrd so‘mni, o‘sish sur’ati esa 112,8 % ni tashkil etgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech