Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 10 943 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2020/2021 o‘quv yili boshiga nisbatan 762 taga oshgan.
Ularning 455 tasini nodavlat umumta’lim tashkilotlari tashkil etgan bo‘lib, 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan ularning soni 4,5 barobarga ko‘paygan.
Hududlar kesimida nodavlat umumta’lim tashkilotlari soni quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 7 ta;
Andijon viloyati — 32 ta;
Buxoro viloyati — 27 ta;
Jizzax viloyati — 8 ta;
Qashqadaryo viloyati — 21 ta;
Navoiy viloyati — 4 ta;
Namangan viloyati — 28 ta;
Samarqand viloyati — 38 ta;
Surxondaryo viloyati — 4 ta;
Sirdaryo viloyati — 12 ta;
Toshkent viloyati — 25 ta;
Farg‘ona viloyati — 93 ta;
Xorazm viloyati — 25 ta;
Toshkent shahri — 131 ta.

Axborot xizmati



