Joriy yilning 12-aprel kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M. Salimov, Paxtachi tumani statistika bo‘limi boshlig‘i S. Turobov hamda tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi O‘.Baxranovlar ishtirokida Paxtachi tuman dehqon bozorida 5-narx o‘rtacha haftalik kuzatuvlari yuzasidan dislokatsion nuqtalarga chiqib, bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi kuzatildi va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.
Kuzatuv davomida registrator tomonidan planshet qurilmasiga ma’lumotlarni sifatli va aniq kiritilishi boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati