13/04/2023

    Ro‘yxatga olishning xususiyatlaridan biri – qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan tizimlar yordamida ommaviy ishlov berishning bir qator taomillari mavjudligidir. Bu qatorga quyidagilar kiradi: turar joy ro‘yxatini tayyorlash, xaritalar tuzish, ro‘yxatga olish materiallarini nashrdan chiqarish, ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, kiritish va ularni tahrirlash hamda kodlash (qo‘lda va avtomatlashtirilgan rejimda). Ro‘yxatdagi har bir operatsiyaning sifatini tezkor nazorat qilishning muayyan taomillari alohida dolzarblik va katta ahamiyatga ega.

    Uy-joylarning ro‘yxatlari, qoidaga ko‘ra hisoblovchilar tomonidan ro‘yxatga olish varaqalari tarqatishdan oldin yoki tarqatish paytida tuziladi. Aynan shu bosqichda turar joylar sonini kamaytirish va ortiqcha ko‘rsatish bilan bog‘liq og‘ishishlarni minimallashtirish o‘ta muhim. Shu maqsadda, hisoblovchilar ishlarining tartib-taomili ularning ishlash sifatini kafolatlash uchun sifatni tekshirishni nazarda tutishi kerak. Bundan tashqari, inspektorlar ro‘yxat tuzishning dastlabki bosqichida joylarda tanlab olingan tekshiruvlar va ish yakuniga ko‘ra rejali sifat nazorati o‘tkazilishini nazarda tutishi lozim.

    Ro‘yxatga olish varaqlarini pochta orqali jo‘natish odatda manzillar registri asosidagi manzillar ro‘yxatlari yordamida amalga oshiriladi. Registrni yuritish bir qator sifatni ta’minlash choralarini talab qiladi. Ammo, bu holda ham, olingan natijadan foydalanishdan avval u to‘g‘ri manzil va geokodga ega bo‘lgan barcha uy-joylarni o‘z ichiga olganligini va noturar joylarni qamrab olmaganligini tekshirish va tasdiqlash kerak. Shuni yodda tutish kerakki, qurilayotgan uy-joylar ro‘yxatga olish boshlanishidan oldin foydalanishga topshirilgan bo‘lishi mumkin.  Bunday tekshirish, ma’muriy manbalarga tayanmaydigan hollarda, joylarda katta hajmdagi ishlarga bog‘liq bo‘ladi. Jalb qilingan xodimlarning har biri ishning o‘ziga tegishli qismini bajarishi sababli, ,brakka chiqarish usuli orqali sifatni tanlab nazorat qilishning tegishli tartib-qoidalarini qo‘llash maqsadga muvofiq. Bu holatda ham joylarda tanlab olingan tekshiruv va inspektorlar bilan yaqin hamkorlik qilish kabi sifatni ta’minlash usullari katta ahamiyatga ega.

    Ro‘yxatga olish, shaxsiy so‘rovnoma orqali yoki manzil ro‘yxati bo‘yicha to‘ldirilgan ro‘yxatga olish varaqalarini yig‘ish yo‘li bilan o‘tkazilishidan qat’iy nazar, o‘xshashlikka ega. Bitta ro‘yxatga olish uchastkasidagi barcha ishlar odatda bitta hisoblovchiga topshiriladi va aynan u o‘z ishida bir nechta sifat tekshiruvlarini o‘tkazishga javob beradi. Yaroqsizlikka chiqarish usuli bilan inspektorlar tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha tanlab olinadigan tekshiruvlar hisoblovchilar ishining turli jihatlari sifatini ta’minlashga qaratilgan.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech