27/06/2023

    Samarqand viloyati statistika boshqarmasi jamoasi shu fayzli damlarda yer yuzidagi jami musulmon ummati qatori qalbi shukuhga toʻlib turgan siz, azizlarni – nuroniy otaxon va onaxonlarimizni, qadrli aka-uka va opa-singillarimizni, navqiron yoshlarimizni, iymon-eʼtiqodli xalqimizni ulugʻ ayyom – Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.

Oʻzaro mehr-oqibat, ezgulik va sahovat, millatlararo ahillik, bagʻrikenglik ramzi boʻlgan mazkur ayyom Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng aziz va qadrli bayramlardan biri hisoblanadi.

Ana shunday ezgu gʻoyalarga mujassam boʻlgan Qurbon hayiti avvalo, yurtimizga tinchlik-omonlik, xonadonlarimizga baxtu saodat va qut-baraka olib kelsin!

 

Bayramingiz muborak boʻlsin Aziz Vatandoshlar!

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech