2023-yilning 27-iyun kuni Samarqand viloyati statistika boshqarmasida ulugʻ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirga boshqarma xodimlari hamda hududiy statistika bo‘lim xodimlari onlayn ravishda ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sidikov Tolib Iskandarovich jamoani hamda jamoa orqali iymon-eʼtiqodli xalqimizni ulugʻ ayyom – Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, so‘zga chiqqanlar jamoani bayram bilan qutlasharkan, oʻzaro mehr-oqibat, ezgulik va saxovat, millatlararo ahillik, bagʻrikenglik ramzi boʻlgan mazkur ayyom Vatanimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillari uchun, butun xalqimiz uchun eng aziz va qadrli bayramlardan biri ekanligi haqida aytib o‘tishdi.
Bayram yakunida T. Sidikov boshqarma Axborot xizmati xodimi F. Eshonkulovni 27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan jamoa nomidan tabrikladi.
Axborot xizmati