18/09/2023

     Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 890 ta yoki 89,3 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatdiki:

-97,4 foiz korxonalar sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib, o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 124,5 foizni tashkil etdi;

 -yashash uchun joy bilan ta’minlangan holda parvarishlash yo‘nalishidagi korxonalar soni 2,0 foizni tashkil etib, o‘sish sur’ati 105,3 foizni  tashkil etdi;

 -yashash uchun joy bilan ta’minlanmagan holda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishidagi korxonalar soni ushbu sohaning 0,6 foizini tashkil etib, o‘sish sur’ati 75,0 foizni tashkil etdi.

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech