18/09/2026

    Samarqand viloyati Jomboy tumanida mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi.
    Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–190-son Farmoni mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berildi.


    Tadbir davomida “Biznesni ro‘yxatga olish” тадбирида tadbirkorlik subyektlarini to‘liq qamrab olish, ma’lumotlarni aniq, xolis va ishonchli shakllantirish, shuningdek, mahallalardagi tadbirkorlarni jarayonga faol jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.
    Shuningdek, “Biznesni ro‘yxatga olish” doirasida taqdim etiladigan ma’lumotlar statistik maqsadlarda shakllantirilishi va ularni taqdim etishning o‘zi soliq solish uchun asos bo‘lmasligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
    “Biznesni ro‘yxatga olish” — hududdagi tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishning muhim bosqichidir.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech