Narpay tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-son Farmonida belgilangan “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish maqsadida mahalla yettiligi va "DEHQONOBOD" dehqon bozori xodimlari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar davomida tadbirning maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olish jarayonini belgilangan tartibda tashkil etish, tadbirkorlik subyektlarini to‘liq qamrab olish hamda ma’lumotlarni aniq, xolis va haqqoniy shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mavjud tadbirkorlik faoliyatini to‘liq aks ettirish, ma’lumotlarni sifatli shakllantirish va ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.“Biznesni ro‘yxatga olish” tadbiri hududdagi tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlarimizni birgalikda shakllantiramiz! “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirida faol ishtirok eting.

Axborot xizmati



