2023-yilning yanvar-avgust oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 76,3 % i to‘g‘ri kelib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 6,5 % punktga ko‘paydi.
Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2022-yilgning mos davriga nisbatan 118,1 % ni tashkil etgan holda 4 701,3 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
MA’LUMOT UCHUN: Joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush Samarqand shahrida (1735,3 mlrd. so‘m yoki umumiy hajmning 36,9 % i), Oqdaryo tumani (446,1 mlrd. so‘m yoki 9,5 % i), Payariq tumani (366,6 mlrd. so‘m yoki 7,8 % i)ga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati