2023-yil yanvar-avgust oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 476,5 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 62,5 % ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 35,7 % ga yetdi.
2023-yil yanvar-avgust oylarida mashina va transport asbob-uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 183,3 mln. AQSh dollariga ko‘paydi. Ushbu tovarlarni Samarqand viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR — 245,4 mln. AQSh dollari (51,5 %), Ozarbayjon – 44,9 mln. AQSh dollari (9,4 %) va BAA – 43,5 mln. AQSh dollari (9,1 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.
Axborot xizmati